Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda birinchi haydovchisiz metro ishga tushirildi
Foto: from web
Xitoyning Syangan shahrida Nangandao haydovchisiz metro liniyasi ochildi. Bu haqda «Jenmin jibao» nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Bu Xitoyda haydovchi kabinasi bo‘lmagan va to‘liq avtomatik boshqarish tizimiga ega birinchi poyezddir. Xitoy mustaqil ravishda yaratgan ushbu poyezd uchun to‘liq huquqqa ega.
Nangandaoning sharqiy qismidan 28 dekabrda foydalana boshlanadi. Butun liniya maksimal tezligi 80 km/soatni tashkil qiluvchi 10 ta poyezdni o‘z ichiga oladi. Poyezdlar mustaqil ravishda yoqiladi, ishlaydi, nosozliklarni topadi va avtomatik ravishda tozalana oladi.
Xitoyda uchta "haydovchisiz" transport liniyasi ochilgan: ulardan birinchisi – uzunligi 4 km bo‘lgan, Guanchjouning Chjutszyan shahridagi avtomatik transport tizimi, ikkinchisi Pekindagi aeroekspress, uchinchisi esa Shanxay metrosining 10-liniyasi.
Biroq mutaxassislarning aytishicha, bu 3 liniya haydovchisiz deb hisoblana olmaydi. Chunki bir tomondan uni boshqarish uchun baribir haydovchi kerak, ikkinchi tomondan unda qo‘llanuvchi texnologiya Siemens kompaniyasiga tegishli.

Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026