Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda kambag‘allar ustidan kulgan reklama jiddiy tanqidga uchradi
Xitoy hududlaridan birida mototsiklda yurish chog‘ida maxsus bosh kiyimi (shlem)ni kiyishga qaratilgan kampaniya jiddiy tanqidga uchradi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.
Yanchen shahri politsiyasi Sina Weibo ijtimoiy tarmog‘ida bunday bosh kiyimni kiyib yurishga da'vat qiluvchi bir necha maxsus plakatlarni chop etdi. Ularga ko‘ra, harakatlanish uchun ikki g‘ildirakli transport vositasidan foydalanish uyatli ekan. Reklama qimmatbaho avtomobillardagi tanishlari oldida xijolat bo‘lmaslik uchun yuzlarni berkitishni tavsiya qiladi.
Plakatlardan birida: «BMW va “Mersedes”larda ketayotgan sobiq sinfdoshlaringiz tanib qolishini xohlamasangiz» yozuvi bo‘lgan shlem tasvirlangan.
Boshqasida esa piyodalar o‘tish yo‘lagida turgan mopedli kishini ko‘rish mumkin. «Biz kabilar har doim qizil chiroqqa to‘xtatishimiz shart, - deyilgan yozuvda. – Agarda siz Porsche va Land Rover’lardagi sobiq sinfdoshlaringiz tanib qolishini istamasangiz».
Bunday yozuvlar Sina Weibo’ning minglab foydalanuvchilari tomonidan bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. «U samarali, biroq boylarni ham, kambag‘allarni ham keraksiz narsaga o‘rgatadi», - deyiladi xabarlardan birida. Boshqalarning fikricha, kambag‘al kishilar ustidan, agarda bu yo‘llardagi xavfsizlikni oshirishga yordam bersa, kulish mumkin ekan.
Yanchen politsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, shaharda yuz bergan YTH oqibatida halok bo‘lgan har ikkinchi shaxs mototsiklda maxsus bosh kiyimsiz harakatlangan.
Mavzuga oid
21:17 / 07.06.2026
Xitoy dunyodagi eng yirik astronomiya markazini qurishni rejalashtirmoqda
08:04 / 06.06.2026
Sun’iy yo‘ldoshlar Xitoyning noodatiy suvosti kemasini aniqladi
08:35 / 05.06.2026
O‘zbekistonda Xitoyning yangi internet provayder zonalari paydo bo‘ladi
08:22 / 05.06.2026