Jahon | 17:10 / 22.12.2016
10379
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston bosh vaziri korrupsiya borasidagi ayblovlarga hazil bilan javob qaytardi

Foto: ria.ru

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi muxolif Hindiston milliy kongressi partiyasi vitse-prezidenti Raxul Gandining pora olgani bo‘yicha ayblovlariga hazil bilan javob qaytardi.

Gandi bosh vazirga qadrdon bo‘lgan Gujarat shtatida tashkil etilgan partiya mitingida uni Hindistonning Sahara Group va Aditya Birla Group kompaniyalaridan 2013-2014 yillarda deyarli 400 million rupiy miqdorida pora olganida ayblagandi. Hukmron “Bxaratiya Janata Parti” partiyasida ularni inkor etishib, “bosh vazir Ganga daryosi suvlari kabi toza” ekanini ma'lum qilganlar. Gandi dekabr boshlarida Modining “poraxo‘rligi” haqida xabardor ekanini ma'lum qilib, bu haqdagi ma'lumotlarni oshkor etish zilzila kabi ta'sir ko‘rsatishini aytgandi.

Bosh vazirning o‘zi esa bunga hazil bilan javob qaytardi.

“Ularda yosh yetakchi bor. U gapirishga o‘rganmoqda. U gapirishni o‘rganib olganida, men bundan juda ham xursand bo‘lganman”, - deya Modining Varanasi shahridagi chiqishida aytgan so‘zlaridan iqtibos keltiradi Indian Express nashri. 

“Agarda u gapirmaganda, mamlakatda kuchli zilzila ro‘y berishi aniq edi, biroq uning so‘zlashi yaxshi holatdir, sababi endilikda biz yer silkinishi xavfi yo‘qligini bilamiz”, - deya qo‘shimcha qildi Modi.

Shuningdek, yurist va siyosiy arbob Prashant Bxushan ham bu boradagi o‘z ayblovlari Hindiston yuqori sudida ko‘rib chiqilishini talab qilmoqda. Biroq sud haligacha ishni ko‘rib chiqish uchun qabul qilib olmagan. U bosh vazirga qo‘yilayotgan ayblovlarda aniq dalil-isbotlar bo‘lishi tarafdori.
 

Mavzuga oid