Jahon | 10:06 / 22.12.2016
15697
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR NATOning talabini rad etdi

Foto: Reuters

Shimoliy Koreya NATOning Pxenyandan o‘z raketa-yadro dasturini to‘xtatishga chaqirgan bayonotiga rad javobini qaytardi. Bu haqda Markaziy Telegraf agentligi xabar bergan.

KXDRdagilar NATOning rasmiy vazifasi Shimoliy Atlantika hududida xavfsizlikni ta'minlash bo‘lgani holda, Koreya yarim orolidagi vaziyatga "burnini tiqishi"dan taajjubga tushmoqda.

Pxenyandagilarning qayd etishicha, bunday talabni ilgari surish orqali "NATO bu harbiy-siyosiy blok AQShning qo‘g‘irchog‘i" ekanini bildirib qo‘ydi.

Bundan tashqari, KXDR rahbariyatidagilar bu tashkilot Janubiy Koreyada so‘nggi kunlarini o‘tayotgan Pak Kin Xe rejimiga xizmat qiladi degan fikrda.

Markaziy Telegraf agentligi ma'lumotiga ko‘ra, NATO alyansi rahbariyati 15 dekabr kungi yig‘ilishida KXDRning raketa-yadro dasturini qoralab chiqqandi. Bayonotda Pxenyan bu sohada «BMT Xavfsizlik kengashi belgilagan xalqaro normalarni buzayotgani» qayd etilgandi.

Shu yilning 6 yanvar kunida Shimoliy Koreya markaziy televideniyesi KXDR mamlakat shimoli-sharqida vodorod bombasini muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tkazganini xabar qilgandi. 7 fevral kuni esa  Shimoliy Koreya raketa tashuvchisi sun'iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqqani ma'lum qilindi.

Shundan so‘ng, BMT Xavfsizlik kengashi KXDR tomonidan yadro sinovi o‘tkazilishiga nisbatan rezolyutsiya bo‘yicha javob choralarini qo‘lladi.

Rasmiy Pxenyan yadro sinovlari o‘tkazishini AQShning agressiv siyosatidan mudofaalanish sifatida baholaydi. Raketa tashuvchisi uchirilishini esa kosmosni tinch o‘rganish sifatida tushuntiradi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid