Jahon | 15:57 / 22.12.2016
6008
2 daqiqa o‘qiladi

Latviya harbiylari Afg‘onistonda 2020 yilgacha qoladigan bo‘ldi

Latviya seymi mamlakat harbiy kontingentining NATO boshchiligida Afg‘onistondagi xalqaro amaliyotdagi ishtirokini uzaytirishga qaror qildi. Tegishli qaror loyihasi 100 deputatdan 80 nafari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Unga ko‘ra davlat harbiylari Afg‘onistonda 2020 yilning 31 dekabriga qadar qoladigan bo‘ldi.

"Afg‘onistondagi xavfsizlik va siyosiy vaziyat hamon juda nozik bo‘lib turibdi. Shuning uchun mamlakat milliy xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro harakatlar mamlakatdagi, shuningdek butun mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun juda muhimdir", - deya aytib o‘tdi Latviya mudofaa vaziri Raymonds Bergmanis parlamentariylar oldida chiqish qilib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, latviya harbiy kontingentining Afg‘onistondagi missiyada ishtirok etishi bu davrda ham xuddi avvalgi hajmda bo‘ladi. "Afg‘onistonga har olti oyda 30 ga yaqin harbiy xizmatchi jo‘natiladi", - deya aytib o‘tdi u.

Latviya NATOning Afg‘onistondagi missiyasi ishtirokini uzaytirish orqali "alyans doirasida o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda va xalqaro koalitsiyaning ishonchli a'zo mamlakati ekanini tasdiqlamoqda", ta'kidlab o‘tdi mudofaa mahkamasi rahbari.

Ma'lumot uchun, Latviya Afg‘onistondagi xalqaro amaliyotda 2003 yildan beri ishtirok etadi. Ayni damda mamlakatda 24 nafar latviyalik askar xizmat qilmoqda. 
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid