O‘zbekiston | 23:49 / 22.12.2016
10496
1 daqiqa o‘qiladi

Rimda O‘zbekiston-Italiya hukumatlararo ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

2017 yil 21 fevralda Italiya poytaxti Rimda O‘zbekiston-Italiya hukumatlararo ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Joriy haftada Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi Andrea Bertotstsi vazirlikka ishchi guruh yig‘ilishiga tayyorgarchilikni muhokama qilgani tashrif buyurdi. Yig‘ilish kun tartibi haqida tafsilotlar berilmagan.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Italiyaga Yevropadagi uzoq muddatli va istiqbolli hamkor sifatida qaraydi.

O‘zbekiston-Italiya aloqalariga O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Italiyaga 1996 yil iyunidagi va 2000 yil noyabridagi tashriflari davomida poydevor qo‘yilgan. 1997 yil mayida Italiyaning o‘shandagi prezidenti O.Skalfaro O‘zbekistonga javob tashrifi bilan kelgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid