Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada "Boyarishnik" qurbonlari soni 70dan oshdi
Rossiyaning Irkutsk viloyatida do‘lanadan tayyorlangan qo‘lbola spirtli eritma iste'molidan zaharlanib, halok bo‘lganlar soni 71 nafarga yetgan. Bu haqda RIA Novosti agentligi mintaqa sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Tatyana Shkurskayaga asoslangan holda xabar qilmoqda.
"Jami jabrlanganlar soni 117 kishini tashkil etadi. O‘tgan tun davomida yana bir kishi olib kelingan. 36 kishi statsionar davolanishda", — degan agentlik suhbatdoshi.
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlarning aksariyati shifoxonalarga koma holatida olib kelingan. "Boyarishnik" eritmasi iste'molidan keyin zaharlanish holati 1 soatdan 24 soatgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida kuzatiladi.
Irkutskda tarkibida metil spirti bo‘lgan qo‘lbola eritma iste'molidan ommaviy zaharlanish 17 dekabrda ilk bora qayd etilgan edi. Tergovchilar jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Surishtiruv chog‘ida ular yashirin sex faoliyatini aniqlashgan. Zaharli mahsulotni tarqatgan 12 kishi qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
10:25
Zelenskiyning maktubi: diplomatik qadammi yoki strategik zarbami?
08:50
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
00:26