Shoygu NATO harakatlarida fashistlar Germaniyasini ko‘rmoqda
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu NATO mashg‘ulotlariga nisbatan keskin fikrlarini bildirdi. U alyans o‘tkazayotgan harbiy-o‘quv mashg‘ulotlari Rossiyaga qarshi qaratilganini ta'kidlar ekan, ularni fashistlar Germaniyasi uslubi bilan qiyosladi, deb xabar qilmoqda «Interfaks» agentligi.
«NATO harbiy mashg‘ulotlari intensivligini 2 martaga kuchaytirdi, ularning aksari Rossiyaga qarshi mohiyatga ega, masalan, Buyuk Britaniya qurolli kuchlari Solsberipleyn poligonida o‘tkazgan mashg‘ulotida Rossiyada ishlab chiqilgan tanklar va Rossiya armiyasi harbiy kiyimlaridan dushmanni ifodalashda foydalangan. Oxirgi marotaba qo‘shinlarni bu usulda tayyorlashni fashistlar Germaniyasi Ulug‘ Vatan urushi yillarida qo‘llagan edi», — deb bayonot bergan Shoygu.
Uning qayd etishicha, «xorijiy davlatlarning biror mashg‘uloti, ayniqsa, ular chegaraga yaqin tumanlarda o‘tkazilgan bo‘lsa, e'tiborsiz qoldirilmagan».
Sergey Shoygu, shuningdek, Rossiya harbiy-kosmik kuchlarining amaliyoti Suriyaning parchalanib ketishiga yo‘l qo‘ymaganini ta'kidlagan. U bu haqda vazirlikning prezident Vladimir Putin ishtirokidagi yakuniy yig‘ilishida ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.
«Suriya davlati parchalanishining oldi olindi. Afrika va Yaqin sharqda keng yoyilgan «rangli inqiloblar» zanjiri uzildi, dushmanona kayfiyatdagi tomonlar o‘rtasida sulhga kelish va inqirozga siyosiy yo‘l bilan barham berish jarayoni boshlandi. O‘t ochishni to‘xtatish tartibiga 3 mlnga yaqin inson istiqomat qiladigan 1074 ta aholi punkti qo‘shildi ... 9 ming jangari qurollarini tashladi», — degan Shoygu.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Suriyadagi xalqaro terrorchilik tashkilotlariga sezilarli talofat yetkazilgan.
Mavzuga oid
17:30 / 04.11.2024
YeIda NATOga qo‘shimcha ravishda xavfsizlik va mudofaa ittifoqini tuzish taklif etildi
09:30 / 01.11.2024
RF TIV Ukrainaning NATOga a’zoligi bo‘yicha «nemis modeli»ni rad etdi
16:00 / 30.10.2024
Zelenskiy Shimoliy kengashni Ukrainani NATOga taklif qilishga chaqirdi
22:49 / 28.10.2024