Jamiyat | 00:30 / 22.12.2016
16159
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyalik qizcha Erdo‘g‘anga halablik bolalarni qutqargani uchun rahmat aytdi

Foto: Twitter/AlabedBana

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an chorshanba kuni Anqaradagi qarorgohida suriyalik yetti yoshli qizcha va uning oilasini qarshi oldi. Bana Alabed ismli qizcha atrofdagi kuchlar tomonidan uyushtirilib, doimiy otishmalar va aviahujumlar to‘xtamayotgan Halabdagi bolalar va kattalarning ovoziga aylanadi.

Yosh qizcha, uning onasi Fotima, otasi Hasan va aka-singillari prezident saroyida Erdo‘g‘an hamda Turkiyaning birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘an bilan suratga tushishdi. Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ham prezident va Alabedlar oilasi o‘rtasidagi uchrashuvda ishtirok etdi. 

Foto: Twitter/AlabedBana

Anadoli agentligining xabar berishicha, Bana Erdo‘g‘anga "barcha halablik bolalarning salomi"ni yetkazgan. 

"Biz sizni juda yaxshi ko‘ramiz. Siz bizni Halabdan olib ketdingiz. U yerda biz azob chekdik. Uyimizga bomba tashlashdi. Biz ovqatsiz, yeguliksiz qoldik", - dedi Bana prezidentga. 

Shuningdek, u har kuni bomba tushavergani uchun Halabdan tashqariga chiqishga qo‘rqib qolganini ham qo‘shimcha qildi.

Uchrashuv davomida prezident Bana hamda uning yaqinlariga o‘yinchoq sovg‘alar taqdim etdi. 

Mavzuga oid