Jahon | 10:28 / 23.12.2016
2843
2 daqiqa o‘qiladi

"Somon Eyr" aviakompaniyasi Moskva va Peterburgga parvozlarni amalga oshira oladi

Foto: ria.ru

Tojikistonning "Somon Eyr" aviakompaniyasi Moskva hamda Sankt-Peterburg shaharlariga aviaqatnovlarni amalga oshira oladi. Ushbu kompaniyaning parvozlariga Rossiya tomonidan joriy qilingan taqiq mamlakatning boshqa shaharlariga amalga oshiriladigan reyslarga tegishlidir. Bu haqda, RIA Novosti agentligi RF transport vazirligi matbuot xizmatiga asoslangan holda xabar qilmoqda. 

Avvalroq, transport vazirligi bayonot berganidek, Tojikiston "Yamal" aviakompaniyasining "Jukovskiy" aeroportidan ushbu mamlakatga parvozlarni amalga oshirishi borasida kelishib olmagan. Bunga javoban, Rossiya tomoni 23 dekabrdan "Somon Eyr" aviakompaniyasining RF mintaqalariga parvozini to‘xtatishini ma'lum qilgan edi. 

"Moskva va Sankt-Peterburg parvozlar uchun ruxsat berilgan ro‘yxatda qoladi", — deyishgan matbuot xizmatida. 

Tojikiston aviakompaniyasining saytidagi ma'lumotlarga ko‘ra, uning samolyotlari Moskvaga kunlik parvozlardan tashqari, Sankt-Peterburg (haftasiga to‘rt marta),  Sochi (haftada bir marta), Orenburg (haftada ikki marta), Novosibirsk (haftada bir marta) va Rossiyaning boshqa shaharlariga parvozlarni amalga oshiradi. Shuningdek, Rossiyaga Tojikistonning milliy aviakompaniyasi Tajik Air ham qatnovlarni amalga oshiradi. 

"Somon Eyr" — Dushanbe aeroportida joylashgan birinchi xususiy aviakompaniyadir. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid