Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston Rossiya aviakompaniyalaridan biriga to‘rt shahardan parvoz qilishni taqiqladi
Tojikiston aviahukumati "Uralskiye avialinii" aviakompaniyasining Rossiyaning to‘rt shahridan bo‘lgan reyslarini bekor qildi. Bu "Somon Eyr"ning bir qator rossiya hududlariga bo‘lgan parvozlarini to‘xtatishga javoban amalga oshirildi, deb xabar berdi RIA Novosti Tojikiston transport vazirligining Fuqarolik aviatsiyasi departamenti boshlig‘i Yusuf Rahmonovga asosan.
Avvalroq, RF transport vazirligida Tojikiston "Yamal" aviakompaniyasiga mamlakatga Moskva viloyatidagi "Jukovskiy" aeroportidan parvozlarni amalga oshirishi borasidagi qarorini muvofiqlashtirmagani haqida ham ma'lum qilingandi. Rossiya tomoni esa bunga javoban juma kunidan boshlab "Somon Eyr" aviakompaniyasining bir qator hududlarga bo‘lgan reyslarini to‘xtatdi.
"Javob chorasi sifatida "Uralskiye avialinii"ning Dushanbega Krasnodar, Ufa, Chelyabinsk va Krasnoyarsk shaharlaridan bo‘lgan to‘rtta reysini yopmoqdamiz", - deya aytib o‘tgan u.
Reyslarni yopish haqidagi qaror juma kuni mahalliy vaqt bilan 12.00 dan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
08:50
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
00:26
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
08:40 / 06.06.2026