Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya hukmron partiyasi parchalanib ketdi
Foto: ria.ru
Janubiy Koreyaning hukmron "Senuri" partiyasi safini prezident impichmentini qo‘llab-quvvatlaganlar tark etadi. Bu haqda, Kiodo agentligi partiya rahbariyatidagi manbasiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Yangi paydo bo‘ladigan partiya "Islohotlar yangi konservativ partiyasi" deb nomlanadi. Uning tashkil etilishi borasida rasman 20 yanvarga yaqin ma'lum qilinadi.
Hukmron partiyasining parchalanishiga mamlakat prezidenti Pak Kin Xe aralashib qolgan korrupsiya mojarosi sabab bo‘ldi. 9 dekabrda bo‘lib o‘tgan parlament majlisida prezidentga impichment qo‘llash masalasi ovozga qo‘yilgan, unda prezident partiyasi hisoblangan siyosiy tashkilot a'zolaridan ayrimlari bu hujjatni ma'qullagan edi.
Mavzuga oid
09:03 / 15.12.2025
Prokuror: Janubiy Koreya sobiq prezidenti KXDRni tajovuzga undamoqchi bo‘lgan
18:07 / 10.12.2025
O‘zbekistonda odamsimon robotlar ishlab chiqarilishi mumkin
20:56 / 04.12.2025
Janubiy Koreya noqonuniy migrantlarning ixtiyoriy ravishda chiqib ketishi uchun 90 kunlik dastur e’lon qildi
12:24 / 18.11.2025