Jahon | 07:38 / 24.12.2016
9615
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Xavfsizlik kengashi Isroilga Falastin hududida aholi punktlari qurishni taqiqladi

BMT Xavfsizlik kengashi Isroildan Falastin hududida aholi punktlari qurishni to‘xtatish talab qilingan rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Hujjat matnida tomonlar fuqarolik shaxslariga nisbatan zo‘ravonlik harakatlari amalga oshirilishining oldini olishga qaratilgan qadamlarni qabul qilishlari va yakuniy maqom borasidagi masalalar bo‘yicha "ishonch beruvchi muzokaralar"ni boshlash uchun sa'y-harakatlarni amalga oshirishlari lozimligi aytilgan.  

Ma'lum qilinishicha, 2334-sonli rezolyutsiyaning qabul qilinishiga Xavfsizlik kengashining 14 a'zosi ovoz bergan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid