Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy aviatashuvchi kemasi Sariq dengizdagi mashg‘ulotlarda ishtirok etdi
Foto: AP
Xitoyning birinchi aviatashuvchi kemasi "Lyaonin" ikki haftada ikkinchi marta Sariq dengizdagi mashg‘ulotlarda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Xitoy mudofaa vazirligi.
Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, "Lyaonin" boshchiligidagi bir nechta harbiy kemalardan tashkil topgan aviatashuvchi zarba beruvchi guruh 23 dekabrda Sariq dengizning akvatoriyalaridan birida mashg‘ulot o‘tkazdi. Mashg‘ulotlar vaqtida guruh akvatoriyani kesib o‘tgan, "Tszyan-15" (J-15) qiruvchi samolyotlari esa mashg‘ulot parvozlari bajargan.
Vazirlikda ta'kidlanishicha, Xitoy harbiy-dengiz kuchlarining mashg‘ulotlari yillik rejaga binoan o‘tgan.
O‘tgan haftada "Lyaonin" Sariq dengizning shimoliy qismidagi Boxay ko‘rfazida mashg‘ulotda ishtirok etgandi. Bu kema otish bilan o‘tgan birinchi harbiy-dengiz mashg‘ulotlar bo‘lgan.
"Lyaonin" kemasi Ukrainadan 1998 yilda sotib olingan va oxirigacha qurib bitkazilmagan "Varyag" kreyseri negizida qurilgan. Uni aviatashuvchi kreyserga aylantirish bo‘yicha ishlar Dalyan shahrida 2005 yilda boshlangan. Kema birinchi marta 2011 yil noyabrda sinovlardan o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
07:52
Pentagonning ichki hujjati: Xitoy AQSh dengiz ustunligiga qanday chaqiriq tashlamoqda?
07:30 / 17.12.2025
Infografika: Xitoy va Hindiston armiyasi - kim kuchliroq?
17:58 / 16.12.2025
«Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temir yo‘lini moliyalashtirish miqdori taqsimlandi
12:57 / 15.12.2025