Texnologiya | 18:29 / 24.12.2016
9820
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Karavot soatiga 135 kilometr tezlikda harakatlandi

Britaniyalik poygachi Tom Onslou-Koul Ginnessning rekordlar Kitobiga kiritildi. U karavotni soatiga 135 kilometr tezlikda harakatlantira oldi. Bu holat tasvirlangan rolik YouTube-kanallaridan birida taqdim etilgan.

“Karavot”ga qayta ishlangan shassi va Ford Mustang GT kuch qurilmasi asos qilib olindi. Tajriba BAAning Umm-al-Quvayn shahrida joylashgan Emirates Motorplex avtodromidagi to‘g‘ri yo‘lda o‘tkazildi. 

Avvalgi rekord Buyuk Britaniyada 2008 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda karavotning tezligi soatiga 111 kilometrga yetgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid