Jahon | 10:51 / 25.12.2016
20455
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh prokuraturasi Trampga rad javobini berdi 

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘z nomidagi Trump Foundation jamg‘armasini yopishi istagini bildirdi va rad javobini oldi.

Nyu-York bosh prokurori matbuot kotibi Emi Spitalnikning ma'lum qilishicha, ayni vaqtda ushbu jamg‘armaga nisbatan tekshiruv olib borilmoqda va bu jamg‘armani tarqatib yuborish ilojsiz ish. Tekshiruv tugaydigan muddat oshkor etilmagan.

«Jamg‘arma hamon tergov ostida va u yakunlanmagunicha, yopilmaydi», — dedi Spitalnik.

AQShning saylangan prezidenti o‘z nomi ostidagi xayriya jamg‘armasining yopilishini o‘zining prezidentlik muddati chog‘ida manfaatlar to‘qnashuvi ehtimoli bilan izohlagandi.

Trump Foundation 1988 yilda tashkil etilgan. Qayd etilishicha, bu jamg‘arma bir necha marta siyosiy manfaatlar yo‘lida qilingan ehsonlar tufayli jarimaga tortilgan.

Tergov jamg‘armani 2016 yil sentabridan buyon tekshirmoqda. Oktyabrda Nyu-York bosh prokurori Jona Shnayderman Trampning jamg‘armasidan xayriyalarni qabul qilishni to‘xtatishni so‘ragandi. U tashkilot shtat ma'muriyatida ro‘yxatdan o‘tmagani va shu tariqa qonunni buzayotganini aytgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid