Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kubada noutbuk va planshetlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi
Kubada oltinchi avloddagi Core i3, Celeron va Core i5 protsessorlari negizida noutbuk va planshetlar ishlab chiqarila boshlandi. Bu haqda Kubaning Granma gazetasiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, kompyuter texnikasi Kubaning informatika ishlab chiqarish korxonasida ishlab chiqarilmoqda.
Zavodda diagonali 8 va 10 dyuymli ikkita planshet turi ishlab chiqarilmoqda. 10 dyuymli planshet klaviatura bilan birga yetkazilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, qurilma HDMI chiqish, USB va mini-USB kirish bilan jihozlangan va 1 terabaytlik tashqi disk bilan ishlay oladi.
Ishlab chiqaruvchilar kompyuter uzoq vaqt xizmat qilishi uchun mahalliy iqlim sharoitlarini, aynan esa yuqori namgarchilikni hisobga oldilar. Qurilmalar 27 ta turli sinovdan o‘tkazildi.
Ishlab chiqarish texnologiyasini Xitoyning Haier maishiy texnika kompaniyasi taqdim qilgan.
Yig‘uv sexida kuniga 500 qurilma ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 2017 yilda yangi korxona 120 ming qurilma yig‘moqchi. Bu qurilmalar birinchi bosqichda mahalliy hukumat va ta'lim muassasalariga yetkazib beriladi.
Mavzuga oid
22:15 / 05.06.2026
Tramp Eron masalasi «hal bo‘lgach» Kubadagi rejimni o‘zgartirish rejasini e’lon qildi
08:38 / 05.06.2026
Vashington Kuba rahbariyatiga bosimni kuchaytirmoqda
17:56 / 22.05.2026
Rubio Kubani AQSh uchun tahdid deb e’lon qildi
22:52 / 20.05.2026