Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tu-154 halokatga uchragan joydan 5 kishining jasadi topildi
Qora dengiz hududida qidiruv amaliyotini o‘tkazayotgan kemalar Tu-154 samolyoti halokatga uchragan hududda 5 kishining jasadini aniqladi. Bu haqda Sochi shahri favqulodda vaziyatlar xizmatiga asoslanib, «Interfaks» xabar bergan.
«Qidiruv ishlari davom ettirilmoqda. 5 kishining jasadi kemalarga chiqarib olindi», — degan agentlik suhbatdoshi.
«Aniqlangan jasadlar asosan ayollarniki. Ularning shaxsi aniqlanmoqda», — degan huquq-tartibot organlaridagi boshqa bir manba.
Jasadlarning shaxslarini aniqlash uchun genetik ekspertiza o‘tkazishga to‘g‘ri kelishi aytilgan.
Moskvadan uchib chiqqan va Sochidagi aeroportdan yonilg‘i to‘ldirib, Suriyaga parvozni davom ettirgan samolyot bortida Rossiya havo-kosmik kuchlarining Xmeymim aviabazasida xizmat o‘tayotgan aviaguruhni Yangi Yil bilan tabriklashga yo‘l olgan Aleksandrov nomli ansambl musiqachilari, harbiy xizmatchilar va 9 nafar jurnalist bor edi.
Samolyot radarlardan g‘oyib bo‘lganidan ko‘p vaqt o‘tmasdan Sochi qirg‘og‘idan 1,5 kilometr ichkarida, Qora dengiz hududida qulab tushgani ma'lum bo‘ldi.
Samolyotda jami 92 kishi bo‘lgan. Biron kishining omon qolganidan umid yo‘q.
Mavzuga oid
14:50 / 31.03.2026
So‘nggi “gastrol” yoxud Tu-154 ni olib qochmoqchi bo‘lgan oilaning ayanchli taqdiri
17:47 / 01.11.2025
O‘zbekistonlik qahramon: Sochidagi yong‘inda haydovchi yigit ona-bolaning hayotini qutqarib qoldi
17:47 / 03.08.2025
Rossiya Xersondagi ko‘prikka zarba berdi. Sochida esa ukrain dronlari hujumidan keyin neft baza yonib ketdi
11:32 / 01.07.2022