30 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada Indoneziya prezidenti Joko Vidodo bilan uçraşdi. Muzokaralar Kremlda bölib ötdi. Bu uçraşuvda, indoneziyaliklar rahbarining özi aytişiça, u Putinga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiydan qandaydir nomani yetkazgan. Ammo hatto bu ham — muzokaralarning eng qiziqarli tafsiloti emas.

Kollajda RF prezidenti matbuot xizmati va Vyaçeslav Prokofevning fotosuratlaridan foydalanilgan / AFP / Scanpix / LETA
Ularning muloqotining Kreml saytida e’lon qilingan rasşifrovkasidan biliş mumkinki, Putin öz çiqişi avvalida Indoneziya prezidenti ilk bor Rossiyada bölib turganini aytgan:
«Hurmatli janob prezident! Sizni Rossiyada, Moskvada körib turganimdan juda xursandman. Bilamanki, bu sizning bizning mamlakatga qilgan ilk taşrifingiz», degan Putin.
Körinişidan Vladimir Putin adaşgan yoki 2016 yil mayida ular Soçida uçraşişganini şunçaki unutib qöygan. Öşa uçraşuv haqidagi xabar RF prezidenti ma’muriyati saytida saqlanib qolgan. Olti yil oldingi suhbat boşida Putin indoneziyaliklar rahbarini «Rossiyada, Soçida» qabul qilganidan mamnunligini aytgan.
Indoneziya prezidentining Rossiyaga 2016 yilgi taşrifi OAVda keng yoritilgandi. Xususan, «Birinçi kanal» syujyetida şunday deyilgan: «Joko Vidodo Rossiyaga ilk bor kelib turgani körinib turibdi». Telekanalning ta’kidlaşiça, Indoneziya prezidentini non va tuz bilan kutib olişganida, u tarjimonni diqqat bilan tinglagan, ammo körinişidan «ruslar an’analarini oxirigaça tuşunmagan: u non bölagini sindirib olgan, tuzga botirgan, ammo baribir uni yemagan».
Kremldagi bu safargi uçraşuvdan keyin esa Putin xatosini tuzatdi, u jurnalistlar qarşisida şunday dedi: «Bu janob Joko Vidodoning prezident sifatida bizning poytaxtimizga, Moskvaga ilk taşrifi».











