Jahon | 01:17 / 25.12.2016
8340
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada 250 ming kishi prezidentga qarshi namoyish o‘tkazdi

Foto: Reuters

Janubiy Koreya ko‘chalariga mamlakat prezidenti Pak Kin Xega qarshi navbatdagi norozilik namoyishiga 250 mingga yaqin odam chiqdi, deb xabar bermoqda Ryonxap axborot agentligi. 

Axborot agentligining ta'kidlashicha, koreyaliklar ketma-ket 9-shanba prezidentga qarshi norozilik uyushtirmoqdalar. Ular konstitutsion suddan prezidentning impichmenti bo‘yicha iloji boricha tezroq qaror chiqarishni talab qilishmoqda. Namoyish ko‘ngilsizliklarsiz o‘tgan.

Janubiy Koreya prezidenti dugonasi Tsoy Sun Sil bilan bog‘liq korruptsion mojaroga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

9 dekabrda Pak Kin Xega impichment e'lon qilingandan keyin prezident vazifasini bajaruvchi shaxs mamlakat bosh vaziri  Xvan Gyo An bo‘ldi. Mamlakat konstitutsion sudi yarim yil ichida parlamentning prezidentning hokimiyatdan chetlatilishi qarori qanchalik qonuniy ekanligini ko‘rib chiqishi kerak. Agar qaror kuchda qolsa, unda ikki oy ichida prezident saylovlari belgilanishi lozim.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid