Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya kelasi yili Suriyadagi aviazarbalari sonini oshiradi
Buyuk Britaniya harbiy havo kuchlari Suriyada IShID bilan kurash doirasida aviazarbalar sonini oshirmoqchi. Bu haqda Telegraph nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, angliya HHK yakuniga yetib borayotgan yilda Suriyada 60, Iroq esa 347 aviazarbani amalga oshirgan. Biroq, nashrning qurolli kuchlardagi yuqori lavozimli amaldorga tayanib yozishicha, Buyuk Britaniya yangi yilda asosan Suriyaga e'tibor qaratadi. Ta'kidlanishicha, "Britaniya Mosul kelasi yilning bahoriga qadar qo‘lga kiritilishiga umid qilmoqda", va bu Suriyada hujumga o‘tish imkonini beradi.
"Rakka — halifat poytaxti", - deya ma'lum qilgan nashr manbasi. Uning ta'kidlashicha, Buyuk Britaniya Rakkadagi amaliyotda "Suriya Demokratik kuchlari mashg‘ulotlarini kengaytiradi" va "havodan turib ko‘mak berishni kuchaytiradi". "Biz ruslar bilan muloqotga kirishishimiz kerak bo‘ladi", - qo‘shimcha qildi manba.
Ma'lumot uchun, Rakka IShID jangarilarining Suriyadagi "poytaxti" va Iroqning Mosul shahridagi so‘ng terrorchilarning mintaqadagi ikkinchi eng yirik tayanchi sanaladi. Shahar 300 ming kishiga ega bo‘lib, 2013 yilda bosib olingan. Ayni damda esa Suriya muxolifat kuchlari Rakkani yopib qo‘yish va uni ozod qilish bo‘yicha amaliyotni o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026