Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston Isroilga yadro quroli bilan tahdid qildi
Isroil va Pokiston rasmiy shaxslari o‘rtasida yolg‘on xabar sabab bahslar kelib chiqdi. Twitter ijtimoiy tarmog‘i munozaralar maydoniga aylanib ketgan, deb yozmoqda The Guardian.
Ta'kidlanishicha, bu holat AWD News saytida “Isroil mudofaa vaziri: agarda Pokiston Suriyaga istalgan sabablar bilan qo‘shinlar yuborsa, biz bu mamlakatni yadro zarbasi bilan yo‘q qilib yuboramiz” degan sarlavhali maqola paydo bo‘lgach, yuz bergan.
Pokiston mudofaa vaziri Xavaja Muhammad Asif esa bunga javoban Isroilga o‘z tvitteri orqali “Pokiston ham yadro davlati ekanini” eslatib qo‘ygan.
Isroil mudofaa vaziri esa vaziyatga izoh berarkan, uni “o‘ylab topilgan” deb atadi va mudofaa mahkamasi rahbari hech qachon bunday so‘zlarni aytmaganini ta'kidlab o‘tdi.
Maxsus tashkilot dalillarni tekshiruvdan o‘tkazgach, AWD News va ularning yangiligi yolg‘on deb tan olindi.
Ma'lumot uchun, Pokiston yadro quroliga ega bo‘lgan davlatlar safiga 1998 yilda qo‘shilgan. Isroil esa hech qachon yadro quroli borligini tasdiqlamagan ham, rad etmagan ham. Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, u haqiqatdan bor.
Mavzuga oid
14:20 / 06.06.2026
Tramp Netanyahudan nega norozi?
14:11 / 04.06.2026
“Tramp va Netanyahu janjali doka ro‘mol qurishidek gap” – siyosatshunos
08:21 / 04.06.2026
AQSh: Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi
22:03 / 03.06.2026