Jahon | 08:30 / 27.12.2016
19976
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh generali IShIDning batamom tor-mor etilishi muddatini taxmin qildi
AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari qo‘mondoni general Stiven Taunsendning taxmin qilishicha, IShID terrorchilik guruhini 2018 yilga kelib batamom tor-mor etish mumkin. Bu haqda u Daily Beast portaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
Amerika generalining fikricha, jangarilarni ularning poytaxtlari – Iroqning Mo‘sul va Suriyaning Raqqa shaharlaridan chiqarish vazifasi 2018 yilga kelib uddalash mumkin bo‘ladi. Bunda, jangarilar guruhlari Suriya va Iroq oralig‘idagi sahroga joylashib olishlari mumkin.
Taunsend, shuningdek, Iroqdagi ko‘ngillilardan iborat bo‘linmalarni «o‘ta intizomli» ittifoqchilar deya olqishlagan.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024