Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda Trampga o‘xshash xo‘roz haykali o‘rnatildi
Xitoyning Tayyuan shahar okrugida AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga o‘xshash bo‘lgan xo‘roz haykali o‘rnatildi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Amerikalik siyosatchining noodatiy soch turmagiga ega bo‘lgan jonivor haykali Xo‘roz yili arafasida savdo markazlaridan birining yonida paydo bo‘ldi.
Haykal savdo majmuasi egalaridan biri tomonidan buyurtma qilingan. Kelajakda shu mavzuda butunboshli seriya va Trampga o‘xshash bo‘lgan xo‘rozning kichik nusxalari chiqarilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq, Trampga o‘xshash bo‘lgan tustovuq ham internetda mashhur bo‘lib ketgandi. Besh yoshli jonivorni Xanchjoulik jurnalist safari-bog‘da suratga tushirgan.

Mavzuga oid
08:04 / 06.06.2026
Sun’iy yo‘ldoshlar Xitoyning noodatiy suvosti kemasini aniqladi
08:35 / 05.06.2026
O‘zbekistonda Xitoyning yangi internet provayder zonalari paydo bo‘ladi
08:22 / 05.06.2026
O‘ta boy aholi soni eng tez o‘sgan davlat ma’lum bo‘ldi
08:56 / 04.06.2026