Jahon | 19:37 / 28.12.2016
8448
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda harbiy sudlar tugatiladi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Qirg‘izistonning "Qirg‘iziston Respublikasi sudlar maqomi haqida"gi qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti ma'muriyati matbuot xizmati ma'lum qildi.   

Mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihalari paketi Qirg‘izistonda harbiy sudlar tugatilishini ko‘zda tutadi.

Qabul qilingan qonun qonun loyihalarini ishlab chiqish uchun yaratilgan ekspert ishchi guruhi faoliyati doirasida prezident huzuridagi sud islohoti bo‘yicha kengashning sud tizimi islohotlariga qaratilgan qarorlarini amalga oshirish maqsadida yaratilgan. 

Tugatilayotgan harbiy sudlar xodimlari ishlar bilan eng ko‘p yuklangan fuqarolik sudlariga yuboriladilar.

2012 yil 24 fevralda Istanbulda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘tkazilgan anjumanda Qirg‘izistonga harbiy sudlarni tugatish va ular tomonidan ko‘rilayotgan ishlarni oddiy sudlar ixtiyoriga topshirish tavsiya qilingandi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid