Jahon | 13:08 / 29.12.2016
8979
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi

Foto: Khovar.tj

2016 yil 27-28 dekabr kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning to‘rtinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator kelishuvlar imzolandi.

Xususan, Tojikiston poytaxtida 2017 yilning aprelida O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasini o‘tkazish haqida protokol imzolandi. Rejalashtirilishicha, ko‘rgazmada o‘zbek avtomobilsozlaridan tortib oziq-ovqat sanoati vakillarining mahsulotlari namoyish etiladi. «Dushanbeda ko‘rgazma yakuniga ko‘ra tojik va o‘zbek ishchi doiralari o‘rtasida biznes-forum ham tashkil etiladi», - deya xabar berdi «AP» Tojikiston hukumatidagi manbaga asosan.

Bundan tashqari, Tojikistonda kelasi yilning yozida O‘zbekiston madaniyati kunlari ham bo‘lib o‘tishi haqidagi kelishuvga erishildi.

Avvalroq, ikki davlat poytaxtlari o‘rtasida 2017 yilning birinchi yarmida aviaparvozlarni tiklash haqida protokol imzolangani haqida xabar bergandik. 

Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi 2017 yil Toshkent shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi. 
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid