23:59 / 30.12.2016
11519

AQSh yapon mafiyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

Foto: Reuters

AQSh sanksiyalar ro‘yxatiga yapon mafiyasi – yakudzaning ikki tashkiloti va 3 nafar jismoniy shaxsini kiritdi. Bu haqda AQSh moliya vazirligi ma'lum qildi.

Sanktsiyalar ro‘yxatiga Kobe shahridan "Yamaguti-gumi" hamda "Yamaken-gumi" guruhlari kiritildi. Bundan tashqari, mafiya a'zolari Takashi Ikeda, Kunio Inue va Osamu Teraokaga qarshi sanksiyalar kiritildi.

Bosh qarorgohi Kobeda bo‘lgan "Yamaguti-gumi" jinoiy guruhi 1915 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Osaka, Kioto, Xyogo, Saga, Nara va Vakayama prefekturalarini birlashtiruvchi Kansay tumanida kuchli pozitsiyalarga ega. Biroq politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, u 47 ta yapon prefekturasidan 44 tasida 1100 dan ko‘proq bo‘limga ega. Yaponiyada hammasi bo‘lib yakudzaning politsiya hisobida turuvchi 20 dan ortiq guruhi bor, ularning a'zolari soni 70 mingga yaqinni tashkil qiladi.   

 

Mavzuga oid
Top