Jahon | 00:12 / 30.12.2016
5638
1 daqiqa o‘qiladi

Filippin prezidenti amerikalik elchilarni razvedka bilan aloqalarda aybladi

Foto: Reuters

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte amerikalik elchilarni Markaziy razvedka boshqarmasi bilan bog‘langan ayg‘oqchilar deb atadi. Dutertening aytishicha, ayg‘oqchilar faoliyatining asl maqsadi esa Filippin hukumati ishini beqarorlashtirishdir, deb yozmoqda Daily Mail nashri.

Manila Times nashri AQShning Filippindagi sobiq elchisi "Duterte hokimiyatiga putur yetkazish rejasini" tayyorlagan. 

"Ko‘pchilik AQSh elchilari, biroq hammasi emas, haqiqatan professional elchilar hisoblanmaydilar. Ular ayg‘oqchilik qilib, MRB bilan aloqaga egalar", deb aytdi Duterte intervyu vaqtida.

Dutertening aytishicha, "amerikalik elchilarning kuchli tomoni hukumat faoliyatiga putur yetkaza olishidir".

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid