Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyaning Braziliyadagi elchisi o‘z avtomobilida o‘lik holatda topildi
Rio-de-Janeyro politsiyasi Gretsiyaning mamlakatdagi elchisi Kiriakos Amiridisning jasadini topilganini ma'lum qildi. Elchi 3 kun avval turmush o‘rtog‘i bilan dam olayotgan vaqtida bedarak yo‘qolgan. Globo telekanali xabariga ko‘ra, diplomatik xodim jasadining taxminiy qoldiqlari Amiridis ijraga olgan, yonib ketgan avtomobil ichida bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, mashina 59 yoshli elchi g‘oyib bo‘lgan Nova-Iguasu munitsipalitetidan topilgan. Elchining shaxsini tasdiqlash uchun sud-tibbiyot ekspertizasi o‘tkazishga to‘g‘ri keladi.
Kiriakos Amiridisning yo‘qolgani haqida 28 dekabr kuni uning turmush o‘rtog‘i xabar bergan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, uning eri aslida 26 dekabrda g‘oyib bo‘lgan: u xotini savdo markazida paytida unga qo‘ng‘iroq qilib, ketishini aytgan, biroq qayerga va necha kunligiga oydinlik kiritmagan.
Mavzuga oid
18:52 / 24.06.2026
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026