Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo viloyatida kichik sanoat hududi tashkil etiladi
O‘zbekiston hukumati Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida kichik sanoat hududi tashkil etmoqchi.
Me'yoriy-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida Vazirlar Mahkamasining "Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida kichik sanoat hududi yaratish to‘g‘risida"gi qarori chop etildi.
Qarorga ko‘ra, kichik sanoat hududi Yangiyerning sanoat salohiyatini rivojlantirish, kichik biznes sub'yektlari tomonidan yangi ishlab chiqarishga investitsiyalarni jalb qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga qulay sharoitlarni shakllantirish uchun yaratiladi.
Ta'kidlanishicha, sanoat hududi 30 yil faoliyat yuritadi. Shu bilan birga bu muddatni uzaytirish mumkin.
Hujjatda aytilishicha, sanoat hududida kichik biznes sub'yektlari ishlab chiqarish quvvatlari joylashtiriladi.
Bu yerda to‘qimachilik, poyabzal va charm-attorlik, ekologik xavfsiz kimyo, oziq-ovqat, elektrotexnik sanoat mahsulotlari, qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalarni yaratish bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi.
Hukumat sanoat hududi ishtirokchilariga soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim qiladi. Imtiyozlar agar kiritilgan investitsiyalar hajmi eng kam ish haqining kamida 2 ming barobarini tashkil qilsa, uch yillik muddatga beriladi.
Agar ishtirokchining yillik tushumi eng kam ish haqining ming barobaridan kamroq bo‘lsa, berilgan imtiyozlar bekor qilinadi.
Mavzuga oid
13:52 / 01.05.2026
Sirdaryoda norasmiy nikohdagi ayol erining qonuniy xotinini va uning qizini pichoqlab o‘ldirdi
09:18 / 29.04.2026
Sirdaryoda soliqchi pora sifatida tilla taqinchoq olganda ushlandi
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
18:05 / 30.03.2026