Jamiyat | 19:16 / 31.12.2016
14495
1 daqiqa o‘qiladi

Yerning eng keksa kishisi 146 yoshni qarshiladi

Foto: Globallookpress.com

Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Yerning eng yoshi ulug‘ kishisi – indoneziyalik Saparman Sodimejo bugun, 31 dekabr kuni 146 yoshni qarshiladi. Bu haqda Britaniyaning Daily Mail nashri xabar berdi. 

Sodimejoning hujjatlarida uning 1870 yilning 31 dekabrida tavallud topgani qayd etilgan. Yoshi katta bo‘lishiga qaramay, qariya hanuzgacha o‘zi harakatlana oladi. 

Nashr bergan ma'lumotga ko‘ra, Sodimejo o‘zining barcha 10 nafar aka-uka va opa-singillarini ko‘mishga, shuningdek, 4 nafar xotinidan uzoqroq umr ko‘rishga ulgurgan. 

Hozirda rasman Yerning eng qari kishisi deb Israyel Kristal tan olingan. U 1903 yil 15 sentabrda Jarnuvada tug‘ilgan. Bugungi kunda uning yoshi 113 yilu 107 kunga teng. 

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid