Jahon | 20:43 / 31.12.2016
7912
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya kuchlari Suriyada IShIDning yetakchilaridan birini yo‘q qildi

Turkiya harbiy-havo kuchlari samolyotlari Al-Bob shahrida IShIDning yetakchilaridan birini yo‘q qildi, deb xabar bermoqda Anadolu axborot agentligi. 

Ma'lum qilinishicha, "Efrot qalqoni" operatsiyasi davomida terrorchilarning "amiri" deb ataluvchi Abu Ansoriy o‘ldirilgan. Bundan tashqari, mamlakat shimolida terrorchilarning yana bir dala qo‘mondoni Abu Huseyn Tunusiy yo‘q qilingan.

Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi "Efrot qalqoni" operatsiyasi doirasida 31 dekabrda Suriyada terrorchilar obektlariga 12 ta aviazarba berilganini ma'lum qildi. Operatsiya Suriya shimolida 24 avgustdan beri davom etmoqda.     

Avvalroq Turkiya rahbariyati operatsiya boshlangandan beri IShIDning 1171 jangarisi va suriyalik kurdlar jinoiy tuzilmalarining 291 a'zosi yo‘q qilinganini ma'lum qilgandi.   

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid