Jahon | 21:37 / 01.01.2017
8664
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada erkak 10 dan ko‘proq odamni otib tashladi

Foto:Getty images

Braziliyada erkak uning sobiq rafiqasi Yangi yilni nishonlayotgan uyga bostirib kirib, 10 dan ko‘proq odamni otib tashlagan. Bu haqda Assoshieyted Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

Politsiya vakili Marta Aureliyaning aytishicha, erkak yonida turli qurol bo‘lgan. Qurbonlar orasida qotilning rafiqasi va uning oila a'zolari bo‘lgan. Voqea Kampinas shahrida yuz bergan.

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, erkak hujumdan keyin o‘zini o‘ldirgan. Politsiya vakilining ma'lum qilishicha, halok bo‘lganlar soni 13 kishini tashkil qiladi, biroq bunda qotilning o‘zi hisobga olingan-olinmagani noma'lum.  

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid