Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrikada quldorlik zamonidan qolgan bayramning yorqin nishonlanishi suratlarda
2 yanvarda Janubiy Afrika Respublikasida ko‘p yillik an'anaga ko‘ra "ikkinchi Yangi yil" yoki Tweede Nuwe Jaar nishonlandi. Bayram 19-asrdayoq, quldorlik davrida vujudga kelgan, biroq u bekor qilinganiga qaramay, mamlakat poytaxti Keyptaun shahrining eng diqqatga sazovor tadbirlaridan biriga aylangan.
Quldorlik gurkiragan paytda JARda Hindiston, Afrika va Madagaskardan o‘n minglab qullar bo‘lgan. Mahalliy qonunlarga ko‘ra, 2 yanvar qullarda yagona dam olish kuni bo‘lgan va ular bu kunda "ranglilar karnavali"ni o‘tkazishgan.
Avval bu bayram oq tanli artistlar tomonidan masxara qilingan. Ular yoqilgan po‘kak bilan yuzlarini qora rangga bo‘yab, qora tanlilarga parodiya qilishgan.
Quldorlik 1834 yilda bekor qilingan, bayram esa qolgan. Ushbu karnaval Keyptaun ko‘chalaridan Kaapse Klopse – "Keyptaun mashshoqlari karnavali" o‘tganda o‘zining avvalgi shon-shuhratini ishtirokchilarning yorqin va turfa rangdagi kiyimlari bilan oqlaydi.
Politsiyaning baholashicha, 2017 yilda 13 minggacha artist va musiqachilar Keyptaun bo‘ylab an'anaviy yo‘nalishda o‘tib, o‘z chiqishlarini "Keyptaun" stadionida hakamlar oldidagi final qo‘shig‘i bilan yakunlashgan.





Mavzuga oid
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
13:57 / 21.12.2025
JARdagi barda otishma. O‘nga yaqin kishi halok bo‘lgan
10:41 / 28.11.2025
Vashington–Pretoriya mojarosi: Tramp JARni G20 Mayami sammitidan chetlatmoqchi
21:27 / 06.11.2025