Aviakompaniyalar 2016 yilda yo‘lovchi tashish bo‘yicha rekord o‘rnatdilar
2016 yilda aviakompaniyalar xizmatlaridan 3,7 mlrd yo‘lovchi foydalangan. Bu esa rekord natija bo‘ldi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkilotiga iqtibos keltirgan holda.
Ta'kidlanishicha, dunyoning barcha aviakompaniyalari tomonidan muntazam reyslar bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra 2015 yilga nisbatan 6 foizga oshgan. 2016 yilda parvozlarning umumiy soni 6,3 foizga o‘sib, taxminan 35 mln tani tashkil qilgan. Xalqaro safarlarni amalga oshirgan sayyohlarning yarmi o‘tgan yil havo transporti orqali tashilgan.
2016 yilda aviatashuvlar eng ko‘p miqdorda amalga oshirilgan bozor Yevropa bo‘ldi – uning zimmasiga barcha tashuvlarning 36 foizi (6,3 foiz o‘sish) to‘g‘ri kelgan, uning ortidan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (29 foiz, 8 foiz o‘sish), Yaqin Sharq (15 foiz, 11,2 foiz o‘sish), Shimoliy Amerika (13 foiz, 3,5 foiz o‘sish), Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari (4 foiz, 6,5 foiz o‘sish) va Afrika (3 foiz, 5,7 foiz o‘sish) kelmoqda.
2016 yil yakunlariga ko‘ra aviakompaniyalarning operatsion daromadi 60 mlrd dollarni tashkil qilgan. 2015 yilda esa bu daromad 58 mlrd dollar bo‘lgandi.
Mavzuga oid
22:15 / 22.11.2024
Ispaniya beshta aviakompaniyani salkam 180 mln yevro jarimaga tortdi
10:10 / 04.11.2024
WP: Yevropa Tramp davrida AQSh bilan «munosabatlarni uzish»ga tayyorlanmoqda
15:24 / 03.11.2024
Gurjiston va Moldova saylovlari: Yevropa orzusi orzuligicha qoldimi?
12:30 / 01.11.2024