Jahon | 13:06 / 04.01.2017
5824
1 daqiqa o‘qiladi

Ostonada Suriya bo‘yicha o‘tkaziladigan muzokaralar sanasi ma'lum qilindi

Foto: RIA "Novosti"

Turkiya tashqi ishlar vazirligi rahbar Mevlud Chavusho‘g‘li Ostonadagi Suriya mojarosini hal qilish bo‘yicha muzokaralar 23 yanvar kuni o‘tkazilishini ma'lum qildi. Bu haqda “Blumberg” agentligi xabar bermoqda.

Turkiya TIV rahbari bunga qadar Rossiyadan bo‘lgan mutaxassislar Turkiyaga 9-10 yanvar kunlari Suriya bo‘yicha muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rish uchun yetib borishlari haqida xabar berdi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya rahbari Rajab Erdo‘g‘an bilan Suriyadagi mojaroda ishtirok etayotgan tomonlarga Ostonada muzokaralarni o‘tkazish jarayonini davom ettirish taklifini bildirish yuzasidan bir qarorga kelgani haqida ma'lum qilgandi. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev esa Putin va Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqotda ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va Ostonada bunday muzokaralar o‘tkazishga barcha sharoitlarni yaratib berishini ma'lum qildi.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid