Jahon | 13:31 / 04.01.2017
4997
2 daqiqa o‘qiladi

Sindzo Abe Yaponiyaning yangi yildagi asosiy ustuvor vazifasini ma'lum qildi

Foto: © AP

2017 yilda Yaponiya hukumati uchun asosiy vazifa iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘ladi. Bu haqida mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe chorshanba kuni joriy yildagi birinchi matbuot anjumanida ma'lum qildi. 

"Bizning ustuvor vazifamiz iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘ladi. Deflyatsiya bilan kurashish uchun biz Abe hukumatining uch "o‘q"iga (Abe hukumatining iqtisodiy kursi) tayanamiz: monetar siyosat, fiskal siyosat va o‘sish strategiyasi", - dedi u. 

Iqtisodiy taraqqiyot mavzusini davom ettirar ekan, bosh vazir Yaponiya uchun eng yorug‘ kelajakni yaratish ustida hali ishlash kerakligini ta'kidladi. "Bizning kelajagimiz - bu boshqa birov shug‘ullanadigan narsa emas. Biz, Yaponiya fuqarolari bu haqida o‘zimiz o‘ylashimiz kerak va hozir bizga ana shunday qat'iyat zarur. Biz farzandlarimiz, nevaralarimiz va kelajak avlod haqida o‘ylashimiz darkor", - deya o‘z so‘zlariga yakun yasadi Abe. 

Mamlakatda 10 yildan ortiq vaqt davomida saqlanib kelayotgan deflyatsiya bilan kurashish hukumatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Maqsad - inflyatsiyani 2 foiz darajasiga olib chiqish. 

 

Mavzuga oid