Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh hukumati Google’ga hamkorlikni to‘xtatish bilan tahdid qilmoqda
AQSh mehnat vazirligi Google’ga federal hukumat bilan biznes yuritishni taqiqlab qo‘yish bilan tahdid qilmoqda. Bu holat internet-kompaniya o‘zining minglab xodimlari shaxsiy ma'lumotlarini taqdim etmasa yuz beradi, deb xabar beradi Assoshieyted Press agentligi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, vazirlik yuristlari tegishli ariza bilan ma'muriy ishlar bo‘yicha sudga murojaat qilgan. Unda Google bir necha bor vazirlikka ishchilarga kompensatsiya to‘lovlari va boshqa ma'lumotni taqdim etishdan bosh tortgani aytiladi. Yuristlarning aniqlik kiritishicha, bu ma'lumotlar vazirlikka Kaliforniyada joylashgan kompaniya ishchilarni jinsiy yoki irqiy jihatdan ajratmasligiga ishonch hosil qilishi uchun kerak.
Google vakillarining ma'lum qilishicha, mehnat vazirligi talabiga ko‘ra xodimlari haqida yuz minglab ma'lumotlarni taqdim etishgan, biroq “vazirlikning bir qator talablari” bo‘yicha ularni berishdan bosh tortishgan. Kompaniya bunday talablarni “shaxsiy ma'lumotga tajovuz qilish” deb atadi.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026