Olov va suv o‘tkazmaydigan qog‘oz ixtiro qilindi
Xitoylik olimlar olov va suv ta'sir qilmaydigan qog‘ozni ixtiro qilishning uddasidan chiqishdi. "Shanxay jibao" gazetasining xabar qilishicha, yangi material o‘z xususiyatlariga ko‘ra, dunyoda yagonadir.
Qog‘oz Xitoy Fanlar Akademiyasi qoshidagi Shanxay kulolchilik instituti professori Chju Intsze rahbarligi ostidagi tadqiqotchilar guruhi tomonidan ishlab chiqildi. Ishlab chiqaruvchilar Xitoyda o‘z ixtirolariga patent olish uchun so‘rovnoma yo‘llashdi.
Bu noorganik qog‘oz yetarli darajada elastik va mustahkam bo‘lib, favqulodda sharoitlarda unga mexanik ziyon yetmasligi alohida ta'kidlanmoqda. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, yangi material Tselsiy bo‘yicha 200 darajagacha haroratga chidamlidir. O‘z tuzilmasi tufayli qog‘oz hattoki mexanik ziyon yetgan suvni ham inkor etadi. Unga sut, sharbat yoki choy to‘kilganda ham hech qanday iz qolmaydi.
Olimlarning fikricha, amaliy nuqtai nazardan, yangi materialni qo‘llashning juda ko‘plab variantlari mavjud: undan muhim hujjatlarni saqlash va ko‘chalardagi reklama bannerlariga ziyon yetmaslik uchun foydalanish mumkin.
Mavzuga oid
09:18
Kimyogarlar terini quyoshdan himoya qilishning yangi usulini topdi
00:34
Olimlar psixoz tashxisini qo‘yishga yordam beradigan yangi biomarkerni aniqladi
00:37 / 25.11.2024
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
18:17 / 23.11.2024