Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining virtual qabulxonasi ishga tushdi
O‘zbekistonda barcha vazirlik va idoralar rahbarlari qatori O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining ham virtual qabulxonasi ochildi.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining www.uzbektourism.uz rasmiy veb-saytida ochilgan virtual qabulxona sohada faoliyat yurituvchilarning murojaat, shikoyat va takliflari bilan tanishish, ularga yechim topish hamda aholini qiziqtirgan savollarga javob berishda yengillik va qulayliklar yaratadi.

Fuqarolar www.uzbektourism.uz manziliga kirib, maxsus shaklni to‘ldirish orqali O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga o‘zlarini qiziqtirgan savollar, ariza va shikoyatlar, turizm sohasini yanada rivojlantirishga doir takliflar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilmoqda. Onlayn murojaatlarda elektron raqamli imzo talab qilinmaydi. Saytda murojaat natijasini (javob berilgan-berilmaganini) tekshirish imkoni mavjud. Qo‘mitaning (+998 71) 233-90-28 raqamli “ishonch telefoni” hamda elektron pochta manziliga ham murojaat qilish mumkin.
Mavzuga oid
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
18:02 / 27.04.2026
Kyurasao banknotasi 2025 yilda dunyodagi eng yaxshisi deb topildi
11:48 / 16.04.2026