Jahon | 19:57 / 05.01.2017
14595
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada navbatdagi terakt: 2 kishi qurbon bo‘ldi

Turkiyaning Izmir shahrida sodir etilgan portlash oqibatida bir politsiyachi va sud xodimi halok bo‘lgan. Yana 10 kishi jarohatlangan.

Ma'lum bo‘lishicha, shahar sudi binosi oldida portlovchi qurilmalar o‘rnatilgan 2 avtomobil portlatilgan.

Bu terakt tashkilotchilaridan 2 nafari politsiya bilan otishma vaqtida halok bo‘lgan, yana bir gumonlanuvchi qidirilmoqda.

Jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilgan, ulardan birining ahvoli og‘ir ekani aytilgan.

Ma'lumot uchun, oxirgi kunlarda Izmir shahrida Istanbul terakti tashkilotchilarini qidirish bo‘yicha maxsus amaliyot davomida 40 kishi qo‘lga olindi. Ular IShID bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

Mamlakatda 1 yanvar kungi terakt tufayli xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Turkiya huquq-tartibot organlari xodimlari Istanbuldagi tungi klubga hujum qilib, 39 kishini o‘ldirgan terrorchini qidirish ishlarini davom ettirmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid