Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi to‘ntaruvga urinish ishtirokchilariga nisbatan ilk jazo tayinlandi
Turkiya sudi harbiylashtirilgan politsiyaning (jandarmeriya) 2 nafar xodimini 2016 yil 15 iyulda sodir etilgan davlat to‘ntaruviga urinishdagi ishtiroki uchun umrbod qamoq jazosiga tortdi. Bu haqda AFP xabar bermoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, sud Turkiyaning shimolidagi Erzurum viloyatidan bo‘lgan ikki jandarmni mamlakat konstitutsiyasini buzish va davlat to‘ntaruviga urinishga aloqadorlikda aybdor deb topdi. Ma'lum qilinishicha, bu davlat to‘ntaruviga urinish ishtirokchilariga nisbatan chiqarilgan birinchi rasmiy hukmdir.
15 iyuldan 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiya qurolli kuchlari askarlari va zobitlari bir guruhi isyon ko‘targan. Istanbul va Anqarada mamlakat kuchlari va isyonchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda isyonchilarni hisoblamaganda 246 kishi halok bo‘lgan, 2 mingdan ko‘proq kishi yaralangan.
Ushbu isyon bo‘yicha butun Turkiya bo‘ylab 100 ming davlat xizmatchisi ishidan bo‘shatilgan yoki tergov yakunlanguncha o‘z ishidan chetlatilgan. Isyonni tashkillashtirish aybi bilan 7,5 ming kishi qo‘lga olingan, ulardan 6 mingdan ko‘prog‘i harbiylar, politsiyachilar, sudyalar va prokurorlarni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
10:52
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026