Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbul aeroportida 600dan ortiq reys bekor qilindi
Foto: Anadolu
Turkiyaning Turkish Airlines milliy aviakompaniyasi Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportida 610ta aviaparvozni bekor qilinganini ma'lum qildi. Bunga noqulay ob-havo, kuchli qor yog‘ishi sabab bo‘lgan.
Xabarlarga ko‘ra, shu munosabat bilan 6 mingga yaqin aviayo‘lovchi mehmonxonalarga joylashtirilgan, 20 mingga yaqin kishi issiq ovqat bilan ta'minlangan.
Anadolu agentligining ma'lumotlariga ko‘ra, Istanbulning ayrim hududlarida qor qalinligi 40 sm.ga yetmoqda. Bosfor bo‘g‘ozi kemalar uchun yopib qo‘yilgan. Avtomobil yo‘llarini muz qoplagani ko‘plab avtohalokatlarga sabab bo‘lgan, ularda bir necha yirik yuk mashinalari ham ishtirok etgan.
Istanbul shahar ma'muriyati, o‘z navbatida, "Zeytinburnuspor" sport markazi binosida 700 dan ortiq uysizlarni to‘plab, ovqat bilan ta'minlagan. Shu bilan birga, qutqaruv xizmati kunu tun ishlayotgani ta'kidlanmoqda.
Mavzuga oid
22:38 / 31.01.2026
Qashqadaryoda qalin qor sababli 600 kishi tashqi dunyodan uzildi
11:35 / 29.01.2026
Qamchiq dovonida bir nechta avtomobil xandaqqa tushib ketdi
09:31 / 27.01.2026
Tog‘larda qor ko‘p: yana qorbo‘ronlari kuzatiladimi?
09:18 / 23.01.2026