Turkiyaning Turkish Airlines milliy aviakompaniyasi Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportida 610ta aviaparvozni bekor qilinganini ma'lum qildi. Bunga noqulay ob-havo, kuçli qor yoğişi sabab bölgan. 

Xabarlarga köra, şu munosabat bilan 6 mingga yaqin aviayölovçi mehmonxonalarga joylaştirilgan, 20 mingga yaqin kişi issiq ovqat bilan ta'minlangan. 

Anadolu agentligining ma'lumotlariga köra, Istanbulning ayrim hududlarida qor qalinligi 40 sm.ga yetmoqda. Bosfor böğozi kemalar uçun yopib qöyilgan. Avtomobil yöllarini muz qoplagani köplab avtohalokatlarga sabab bölgan, ularda bir neça yirik yuk maşinalari ham iştirok etgan. 

Istanbul şahar ma'muriyati, öz navbatida, "Zeytinburnuspor" sport markazi binosida 700 dan ortiq uysizlarni töplab, ovqat bilan ta'minlagan. Şu bilan birga, qutqaruv xizmati kunu tun işlayotgani ta'kidlanmoqda.