Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:14 / 07.01.2017
6459
1 daqiqa o‘qiladi
Manba: Kaliningradda yirik omborxona yonmoqda
Foto: Twitter/roma0973
Rossiyaning Kaliningrad shahrida rezinatexnik mahsulotlar saqlanadigan omborxonada yong‘in yuz bergan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi shahardagi favqulodda xizmatlar xabariga tayangan holda.
"Lesnaya ko‘chasidagi, rezinatexnik mahsulotlar saqlanadigan 400 kv.m. maydondagi bir qavatli omborxona yonmoqda", — degan agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inni 400 kv.m. maydonning o‘zida jilovlashning uddasidan chiqilgan. Jabrlanganlar haqida ma'lumotlar yo‘q. Yong‘in sabablari aniqlanmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish