Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon tuman sudida 10 yoshli qizga nisbatan kuch ishlatildi
Ozarboyjon ombudsmeni Elmira Sulaymonova mamlakat shimolidagi sudda 10 yoshli qizga nisbatan kuch ishlatilganidan xabar topib, vaziyatga aralashishiga to‘g‘ri keldi. Trend nashri ombudsmen apparati vakili Oydin Safixonli bergan xabarga asoslanib, shu haqida ma'lum qildi.
7 yanvar, shanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda Gubin tuman sudida 10 yoshli qizni uni tarbiyalagan xolasidan kuch bilan tortib olib, otasiga topshirilgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Qizning o‘zi shu kunga qadar otasining borligi haqida bilmaganini ma'lum qildi, u otasini birinchi marta sud zalida ko‘rgan.
Voqea videosi tarqalganidan keyin Ozarboyjon ombudsmeni apparati Adliya vazirligining bosh boshqarmasiga rasmiy xat bilan murojaat qildi. Unda sud ijrochilarining voyaga yetmagan qizga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki psixologik bosim o‘tkazish mumkin emasligi qayd etildi, shuningdek Bolalar huquqi Konventsiyasi va bolalar huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilganligiga oid dalillarga e'tibor qaratildi.
Mavzuga oid
12:39 / 07.03.2026
Ozarboyjon Eron bilan keskinlik fonida diplomatlarini qaytarmoqda
15:31 / 06.03.2026
Ozarboyjon Erondagi diplomatlarini evakuatsiya qiladi
22:24 / 05.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon hududiga dron hujumlarini keskin qoraladi
19:49 / 05.03.2026