Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda kuchli suv toshqinlari kuzatilmoqda, qurbonlar bor
Tailand janubida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Frans Press agentligi mahalliy hukumatga asosan xabar bermoqda.
Mamlakat iqlimshunoslik departamenti xabariga ko‘ra, kuchli yomg‘irlar yana bir necha kun davomida kuzatiladi. Frans Press ma'lumotlariga ko‘ra, davlatdagi minglab qishloqlar suv ostida qolgan.
"Vaziyat bugun va ertaga ancha yomon holatda bo‘ladi. Kuchli yomg‘irlar yog‘ishda davom etadi", - deya departament vakillarining so‘zlarini keltiradi agentlik.
Tailand IIV ma'lumotlariga ko‘ra, suv toshqinlari oqibatida 700 mingdan ziyod kishi jabrlangan. Agentlikning ta'kidlashicha, tabiiy ofat sabab poyezdlar va aviaparvozlar qatnovi bekor qilinmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, kuchli yomg‘irlar dam olish kunlari to‘xtashi kerak.
Mavzuga oid
21:00 / 07.05.2026
To‘qqizta hududda sel kelish xavfi e’lon qilindi
09:15 / 04.05.2026
“Amallab chorvalarni olib chiqib ketdik” – sel kelgan Rapqondan reportaj
10:21 / 30.04.2026
Bedarak ketgan futbol jamoasi – g‘orda qamalib qolgan bolalar qanday qutqarilgandi?
20:39 / 27.04.2026