Jahon | 11:53 / 08.01.2017
5659
1 daqiqa o‘qiladi

Bag‘dodda yana portlash: 12 kishi qurbon bo‘ldi

Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida sodir etilgan navbatdagi portlash tufayli kamida 12 kishi qurbon bo‘ldi, yana 50 kishi jarohatlandi. Bu haqda voqea joyidagi politsiya va shifokorlarga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, shaharning sharqiy qismida avtomobil portlatilgan.

Oxirgi marta 3 yanvar kuni Bag‘dodda IShID terrorchisi tomonidan portlash sodir etilgan, bu terakt oqibatida 35 kishi halok bo‘lib, 60 kishi jarohatlangandi.

Mavzuga oid