Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asad Ostonada Suriya bo‘yicha kelishuvga erishish mumkinligini aytdi
Suriya prezidenti Bashar Asad Ostonada Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralarda kelishuvga erishish mumkinligini aytdi. Bu haqda fransuz deputati, Damashqda Asad bilan uchrashuvda ishtirok etgan Nikolya Dyuik ma'lum qildi. Bu haqda Sputnik nashri xabar bermoqda.
Dyuikning aytishicha, Asad Ostonadagi muzokaralarga katta umid bilan qaramoqda. Asad Jyenevadagi muzokaralardan farqli o‘laroq, Ostonada haqiqatan ham Suriyadagi guruhlar va tomonlar taqdim qilinishi mumkin, deb hisoblamoqda. Asadning fikricha, "Ostonada kelishuvga erishish mumkin".
Frantsuz deputatining ta'kidlashicha, Asad ular oxirgi marotaba 2016 yil martida uchrashganlaridagidan ko‘ra hozirda "o‘z davlatining kelajagiga katta ishonch bildirmoqda", chunki Suriyada harbiy vaziyat yaxshilangan.
Ostonadagi uchrashuv 23 yanvarda, Jyenevadagi uchrashuv esa 8 fevralda o‘tishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:42 / 06.07.2026
Qozog‘istonning bosh masjidi Nazarboyev sharafiga «Nursulton» nomini oldi
08:25 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva «Ostona» xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026