Jahon | 22:14 / 09.01.2017
11032
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning Moskvadagi elchixonasi vizalar berishni to‘xtatdi

AQShning Moskvadagi elchixonasi o‘zi joylashgan binodagi suv ta'minotidagi muammolar sababli vizalar berishni to‘xtatdi. Bu haqda elchixona saytida ma'lum qilindi.

Ma'lum qilinishicha, konsullik bo‘limi noimmigratsion va immigratsion vizalar berish va AQSh fuqarolaridan shoshilinch bo‘lmagan so‘rovlarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq xizmatlarni vaqtinchalik ko‘rsatmaydi. AQSh fuqarolari bo‘limi faqat shoshilinch so‘rovlarni ko‘rib chiqadi.

Elchixonada konsullik bo‘limi ishi keyingi ogohlantirishgacha to‘xtatilgani ta'kidlab o‘tilgan. Vizaga ariza beruvchilarga www.ustraveldocs.com/ru saytini kuzatib borish tavsiya qilingan.

Keyinroq elchixona o‘z faoliyatini binoda suv toshgani sababli to‘xtatgani va uni 10 yanvar soat 8:30da qayta boshlashini ma'lum qilgan. 

O‘z navbatida "Mosvodokanal" matbuot xizmati AQSh elchixonasidan suv ta'minoti bilan bog‘liq hech qanday shikoyatlar olinmaganini aytgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid